Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA MEHNAT UNUMDORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

B. (Boburmirzo) IbrohimovNamangan davlat texnika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning iqtisodiy mazmuni hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalarni biznes jarayonlariga joriy etish ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, vaqt sarfini qisqartirish, axborot almashinuvini tezlashtirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xodimlarning mehnat natijadorligini yaxshilashning muhim omili sifatida qaraladi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalardan foydalanishning mehnat unumdorligiga ta’sir etish mexanizmlari, ushbu jarayonda inson kapitali, xodimlarning raqamli ko‘nikmalari, texnologik infratuzilma va boshqaruv yondashuvlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida raqamli vositalardan foydalanish natijasida mehnat unumdorligi o‘zgarishini baholashga xizmat qiluvchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilgan. Tadqiqot natijalari raqamlashtirish jarayonlarini samarali boshqarish, xodimlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar