Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISHNI RAQAMLI MONITORING QILISH INDIKATORLARINI TANLASH VA VAZNLASHNING KO'P MEZONLI METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni raqamli monitoring qilish indikatorlarini tanlash va vaznlashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Indikatorlarni iqtisodiy mazmuni, axborot qiymati, hududiy reprezentativligi, dinamik sezgirligi va boshqaruv ahamiyati bo'yicha saralashga asoslangan ko'p mezonli metodologik yondashuv taklif etilgan. Ko'rsatkichlar o'rtasidagi takroriylikni kamaytirish, ularni normalizatsiya qilish hamda ekspert va obyektiv statistik vaznlash usullarini integratsiyalash orqali indikatorlarning differensial vaznlarini aniqlash mexanizmi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan metodologiya hududlararo qiyoslashning ishonchliligini oshirish, ustuvor indikatorlarni aniqlash hamda raqamli monitoring natijalarining boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi analitik qiymatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba