Zararkunanda dasturlarni aniqlashning takomillashtirilgan RNN usuli
Annotatsiya
Butun dunyo bo‘ylab kiberxavfsizlikni ta’minlashda axborot xavfsizligi mutaxassislari duch kelayotgan eng ko‘p tahdidlardan biri bu shubhasiz zararkunanda dasturlar yordamida amalga oshiriladigan kibertahdid va kiberhujumlardir. Ransomeware va Adware sinfiga tegishli zararkunanda dasturlar yordamida bunday turdagi kiberhujumlarni amalga oshirish holati va aynan muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Maqolada zararkunanda dasturlarni aniqlashning takomillashtirilgan RNN usuli taklif etilgan. Taklif etilgan usul uchun ma’lumotlar turi va ushbu ma’lumotlarni qanday formatda uzatish aniqlab olingan. Aniqlangan ma’lumotlar orqali 7 qadamdan iborat takomillashtirilgan RNN usuli ishlab chiqilgan