Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

''PEKAN YONG'OG'I (CARYA ILLINOINENSIS) KO'CHATLARINI YETISHTIRISHDA EKISH SXEMALARINING O'SISH VA RIVOJLANISHGA TA'SIRI.''

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu ma’lumotlarda pekan yong‘og‘ining ekish sxemasining uning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar tahlil qilingan. Tajribalar ikki xil — tog‘li va tekislik hududlarda olib borilgan bo‘lib, ikkita tajriba va beshta ekish variantidan foydalanilgan. Variantlar orasida 0,7 × 0,1 m ekish sxemasi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. Mazkur ekish sxemasida tog‘li hududda yetishtirilgan pekan ko‘chatlarining bo‘yi 80 sm, ildiz bo‘yni diametri 22 mm ni tashkil etgan. Tekislik hududida yetishtirilgan ko‘chatlarda esa bo‘yi 37,3 sm, ildiz bo‘yni diametri 12 mm bo‘lgan. Olingan natijalarga ko‘ra, tog‘li hududda yetishtirilgan pekan ko‘chatlarining o‘sish ko‘rsatkichlari tekislik hududida yetishtirilgan ko‘chatlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Shu sababli, tegishli agrotexnik sharoitlar ta’minlangan holda pekan yong‘og‘ini tog‘li hududlarda yetishtirish istiqbolli ekanligi qayd etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba