Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ODDIY NAPORLI QUVURLARDA ISHQALANISH KUCHINI HISOBGA OLGAN HOLDA GIDRAVLIK ZARBANI HISOBLASH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Oddiy naporli quvurda gidravlik zarba jarayonida ishqalanishga sarflangan naporning qisman tiklanishini hisobga oluvchi energetik va sonli yondashuv bayon etilgan. Shnider tenglamalari to'g'ri Ψ va teskari K bosim impulslari ko'rinishidagi rekurrent algoritm asosida ifodalangan. Uzunligi L = 25 m, ichki diametri d = 55 mm, boshlang'ich tezligi ϑ₀ = 1,06 m/s, boshlang'ich napori H₀ = 3,0 m va zarba to'lqinining tarqalish tezligi a ≈ 235 m/s bo'lgan polietilen quvur uchun A–E kesimlardagi napor va tezlik o'zgarishlari hisoblangan. Nazariy natijalar tajriba ma'lumotlari hamda M. A. Mostkov usuli bo'yicha olingan hisoblash natijalari bilan qiyoslangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba