RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI TRANSFORMATSIYALASH ISTIQBOLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi tizimini transformatsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, blockchain, Big Data, bulutli texnologiyalar hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining buxgalteriya hisobiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, korxonalarda elektron buxgalteriya tizimlarini joriy etishning afzalliklari, moliyaviy axborotlarni qayta ishlash tezligi va shaffofligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbolli mexanizmlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan