TIJORAT BANKLARIDA HISOB SIYOSATI VA UNI MHXS BILAN UYG'UNLASHTIRISH ZARURIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarida hisob siyosatini shakllantirish va uni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablariga uyg'unlashtirish zaruriyati yoritilgan. Hisob siyosatining nazariy asoslari, milliy va xalqaro yondashuvlar, IAS 8 va IFRS 9 standartlarining ahamiyati tahlil qilingan. Tijorat banklarida hisob siyosatini MHXSga moslashtirish jarayonida uchraydigan kadrlar, texnologik infratuzilma, normativ tafovutlar va moliyaviy modellar bilan bog'liq muammolar ko'rib chiqilgan. "ABCD" ATB misolida hisob siyosatining amaldagi tarkibi tahlil qilinib, uni xalqaro talablar asosida takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Hisob siyosatini xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirish bank moliyaviy hisobotlarining shaffofligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.