Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FOYDA SOLIG'I BO'YICHA TUSHUMLARNI PROGNOZ QILISH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: MAVSUMIYLIK VA PROGNOZ XATOLARINING EMPIRIK TAHLILI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbekistonda foyda solig'i tushumining yil ichidagi taqsimlanishi asosida prognozlash yondashuvlari baholandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023–2025-yillar uchun e'lon qilingan yig'ma choraklik ma'lumotlaridan foydalanib, to'qqiz oylik tushumni 4/3 koeffitsiyent bilan yilliklashtirish va o'tgan yilning mavsumiy nisbatini qo'llash usullari 2024–2025-yillar bo'yicha retrospektiv hisoblandi. Mavsumiy modelning mutlaq foiz xatosi 2024-yilda 0,32%, 2025-yilda 29,67%; oddiy modelniki tegishlicha 7,32% va 34,81% bo'ldi. 2025-yilda IV chorak yillik tushumning 51,11%ini tashkil etgani tarixiy mavsumiylik koeffitsiyentining beqaror bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Muallif tomonidan ochiq ma'lumotli etalon va soliq majburiyati–kassa tushumi bog'lanishiga tayanuvchi kengaytirilgan konturlarni birlashtirgan bosqichli metodik sxema taklif etiladi. Kengaytirilgan sxemaning prognoz aniqligini oshirishi mavjud yig'ma ma'lumotlar bilan sinab ko'rilmagan; uning validatsiyasi keyingi tadqiqot vazifasidir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba