Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

PROPANDAN AROMATIK UGLEVODORODLAR OLISH UCHUN TANLANGAN MODIFIKATSIYALANGAN KATALIZATORLARNING TEKSTUR VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI

Sadoqat Iskandarqizi NomozovaKarshi State Technical University
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada propanni aromatik uglevodorodlarga katalitik aylantirish uchun nanoo‘lchamdagi rux, sirkoniy va molibden bilan modifikatsiyalangan mezog‘ovakli yuqori kremniyli seolit katalizatorlarini sintez qilish hamda ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Katalizatorlarning kislotalilik xossalari ammiakning harorat-dasturlashtirilgan desorbsiyasi usuli orqali, teksturaviy ko‘rsatkichlari esa solishtirma sirt maydoni va g‘ovak hajmi bo‘yicha baholangan. Propanni aromatlash jarayonidan keyin katalizator yuzasida hosil bo‘lgan koksning tabiati derivatografik va termogravimetrik usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari tarkibida 1 % Zn saqlovchi katalizatorning yuqori aromatlash faolligiga ega ekanligini ko‘rsatgan. Rux miqdorining ortishi bilan katalizatorlarning solishtirma sirt maydoni va umumiy g‘ovak hajmining kamayishi kuzatilgan. Shuningdek, sintez jarayonida uglerod kukunining ikkilamchi shablon sifatida qo‘llanilishi koks hosil bo‘lishini kamaytirishi aniqlangan. Uglerod kukunining 1,0 % miqdori maqbul deb baholangan, uning miqdorini oshirish esa katalizatorning aromatlash faolligini pasaytirgan. Olingan natijalar propanni aromatik uglevodorodlarga samarali konversiyalash uchun modifikatsiyalangan mezog‘ovakli seolit katalizatorlarining tarkibi va teksturaviy xossalarini boshqarish muhimligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar