SPORTCHILAR ORASIDA JAROHATLAR VA KASBIY KASALLIKLARNI RAQAMLI MONITORING QILISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot jismoniy tarbiya va sport sohasida sportchilarning shikastlanishi hamda kasb kasalliklarini oldini olish, aniqlash, hisobga olish va boshqarish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada jahon va O‘zbekiston miqyosidagi statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, sportning ommalashuvi bilan jarohatlanish xavfi, davolash xarajatlari va samarali profilaktikaga ehtiyoj ortayotgani asoslangan. Sport inshootlari, sport bilan shug‘ullanuvchilar soni, turli sport yo‘nalishlaridagi jarohatlar chastotasi va og‘irligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumlashtirilgan. Ayniqsa, tayanch-harakat apparati patologiyalari, tizza, tovon-boldir, umurtqa, yelka va tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanish holatlari, o‘tkir jarohatlar hamda surunkali kasalliklarning o‘zaro nisbati yoritilgan. Tadqiqotda noto‘g‘ri yuklama, yetarli bo‘lmagan jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, ehtiyotsiz harakatlar, sportchining yoshi, malakasi va anatomik-funksional xususiyatlari asosiy xavf omillari sifatida ko‘rsatilgan. Mavjud ma’lumotlarning tarqoq holda saqlanishi jarohatlarni prognozlash, individual kuzatuv va profilaktik strategiyalarni ishlab chiqishni qiyinlashtirishi aniqlangan. Raqamli monitoring tizimlari baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari haqidagi ma’lumotlarni yagona bazada jamlash orqali hodisalarni tezkor qayd etish, ularning sabablarini chuqur tahlil qilish, ko‘rilayotgan choralarning ijrosini nazorat qilish, sportchilar salomatligini uzluksiz kuzatish hamda murabbiylar uchun profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari sport tashkilotlarida mehnat muhofazasi boshqaruvini takomillashtirish, mashg‘ulot yuklamalarini maqbullashtirish, jarohatlar xavfini kamaytirish hamda sportchilarning sog‘lig‘i va faoliyat xavfsizligini tizimli ravishda ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan