KOSSER DOIRAVIY SILINDRIDA BUROVCHI TO'LQINLAR: CHASTOTA TENGLAMASI VA UZUN TO'LQIN TEZLIGINING O'LCHAM EFFEKTI
Annotatsiya
Kosser (mikropolyar) muhit mikrostrukturali materiallarda to'lqinlarning o'lchamga bog'liq tarqalishini tasvirlaydi, biroq silindrik to'lqin o'tkazgichdagi burovchi to'lqinlar uchun yopiq ko'rinishdagi natijalar yetarli emas. Ishda chiziqli izotrop Kosser materialidan yasalgan, yon sirti erkin doiraviy silindrda o'qqa simmetrik burovchi tipdagi to'lqinlar o'rganilgan. Siljish va mikroburilish maydonlari potensiallar orqali ajratilib, Bessel funksiyalaridagi aniq yechim qurilgan; chastota tenglamasi 3×3 determinant ko'rinishida yozilgan; uzun to'lqin limiti chegaraviy qatlamli statik buralish yechimi orqali topilgan. Hajmiy xarakteristik tenglamaning ikkala ildizi haqiqiy ekani isbotlangan. Uzun to'lqin tezligi uchun burash qattiqligining o'lcham effekti va mikroinersiyani oshkor hisobga oluvchi yopiq formula olingan, kesim chastotalari ikki mustaqil qismga ajralishi ko'rsatilgan. Model parametrlarining qabul qilingan to'plamida (R=3 mm) c0 /cT =0,8745; bunda burash qattiqligi klassik qiymatdan 3,7% yuqori, aylanma inersiya esa 35,6% katta. Yopiq formula va aniq determinant 3⋅10-10 dan yaxshi aniqlikda mos keladi. Natijalar Kosser sterjenlarda burovchi to'lqinlar tezligini radius bo'yicha baholash va mikrostruktura doimiylarini to'lqin o'lchovlaridan aniqlash uchun asos bo'ladi.