Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarning o'rni va samaradorligi

Rashid XakimovToshkent amaliy fanlar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashdagi o'rni hamda ularni joriy etish samaradorligini baholash masalalari O'zbekiston misolida yoritilgan. Biz besh blok va 20 ta indikatordan iborat "Oziq-ovqat xavfsizligini raqamlashtirish samaradorligi indeksi" (OXRSI)ni taklif etdik: blok vaznlari ekspertlar bahosi, indikator vaznlari esa entropiya usuli bilan aniqlandi. Tahlilimiz raqamli yechimlarning eng yuqori chegaraviy samarasi ishlab chiqarishda emas, balki yig'im-terimdan keyingi yo'qotishlarni qisqartirish va agrologistika bo'g'inida shakllanishini ko'rsatdi. Illyustrativ aprobatsiyaga ko'ra, OXRSI 2022-2026 yillarda 0,262 dan 0,408 gacha oshgan; 2030 yilgi maqsadli darajaga (0,604) erishish uchun yillik o'sish kamida 10,3 foiz bo'lishi lozim. Muammolar sakkizta klasterga ajratilib, sakkizta ustuvor yo'nalish (Y1-Y8) asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba