Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUT SOGʻISH QURILMALARIDA IOT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA JARAYONLARNI AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Elmurod BabadjanovNukus davlat texnika universitetiKenjayev Xamdam BazarbayevichNukus davlat texnika universitetiBazarbayev Axmet Qidirbay uliNukus davlat texnika universiteti
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada sut sog'ish qurilmalarida IoT texnologiyalari asosida avtomatik boshqaruv tizimini takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi sut sog'ish jarayonlarini monitoring qilish va boshqarishda ma'lumotlarni uzatish kechikishini kamaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda nosozliklarni aniqlash imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqotda tizimni loyihalash, boshqaruv algoritmlarini tahlil qilish, dasturiy sinovlar o'tkazish va samaradorlik ko'rsatkichlarini taqqoslash usullaridan foydalanildi. Taklif etilgan arxitekturada datchiklar, shlyuz qurilmasi va server o'zaro bog'langan bo'lib, ma'lumotlarni qurilmaga yaqin joyda qayta ishlash, tarmoq orqali uzatish va boshqaruv buyruqlarini shakllantirish jarayonlari tashkil etildi. Tajriba doirasida an'anaviy boshqaruv qo'llanilgan 6 ta qurilma va IoT asosidagi avtomatik boshqaruv qo'llanilgan 6 ta qurilma natijalari taqqoslandi. Natijalarga ko'ra, IoT asosidagi boshqaruvda javob kechikishi 68,7 ms dan 42,3 ms gacha, boshqaruv sikli davomiyligi 0,34 s dan 0,21 s gacha, paket yo'qotilishi 4,8% dan 1,7% gacha va xatolik ko'rsatkichi 6,2% dan 2,4% gacha kamaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba