SOLIQ TUSHUMLARINI PROGNOZLASHTIRISHDA ELASTIKLIK VA MOSLASHUVCHANLIK KO'RSATKICHLARIDAN FOYDALANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirishning elastiklik koʻrsatkichlariga asoslangan metodologiyasi yoritilgan. Soliq tushumlarining moslashuvchanligi (buoyancy) va elastikligi oʻrtasidagi farqlar koʻrsatilib, ularni baholashning logarifmik regressiya, kointegratsiya va xatoni tuzatish modeliga tayanuvchi usullari tizimlashtirilgan. Diskretsion soliq choralari ta'sirini ajratishga xizmat qiluvchi proporsional tuzatish usuli, budjet muvozanatining iqtisodiy oʻsishga sezgirligini hisoblash hamda prognoz aniqligini oʻrtacha mutlaq foizli xatolik kabi mezonlar orqali baholash tartibi koʻrsatilgan. Tadqiqot natijasida elastiklik koʻrsatkichlarini oʻrta muddatli daromadlar prognozi tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashning uslubiy sxemasi taklif etilgan.