DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARINING OPTIMAL DARAJASINI ANIQLASH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy oʻsishga ta'sirini tushuntiruvchi nazariy yondashuvlar tizimlashtirilgan hamda xarajatlarning optimal darajasini aniqlash va samaradorligini baholashning metodologik asoslari yoritilgan. Vagner qonuni, keynscha yondashuv, endogen oʻsish modellari va Armey egri chizigʻi konsepsiyalari qiyosiy tahlil qilingan. Xarajatlar bilan oʻsish oʻrtasidagi nochiziqli bogʻliqlikni baholashda kvadratik model (spetsifikatsiya) va boʻsagʻaviy regressiya usullarining qoʻllanilish shartlari asoslangan, xarajatlar samaradorligini baholashning kirim-chiqim yondashuviga tayanuvchi uslubiy vositalari ochib berilgan. Tadqiqot natijasida budjet siyosatining ustuvor yoʻnalishini xarajatlar hajmini kengaytirishdan ularning ijtimoiy-iqtisodiy qaytimini oshirishga oʻtkazish boʻyicha bosqichma-bosqich algoritm taklif etilgan.