GEYMIFIKATSIYA ELEMENTLARINING FOYDALANUVCHI SADOQATINI SHAKLLANTIRISHDAGI MARKETING VA NEYROMARKETING MEXANIZMLARI: DODO PIZZA MOBIL ILOVASI MISOLIDA
Annotatsiya
Mazkur tezisda Dodo Pizza mobil ilovasida qo'llaniladigan geymifikatsiya elementlarining foydalanuvchi sadoqati va xarid xulq-atvoriga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqotda "Bashnya" mini-o'yini, "dodkoin" virtual valyutasi, mukofotlar va missiyalarning foydalanuvchi motivatsiyasi, ilovaga qayta tashrif buyurish va takroriy xaridlarga ta'siri tahlil qilingan. Case study va mixed-method yondashuvlari asosida ilova analitikasi, 200 nafar foydalanuvchi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma, ekspert intervyulari hamda kontent tahlilidan foydalanilgan. Natijalarga ko'ra, geymifikatsiyadan so'ng haftalik ilovaga kirish chastotasi 2,1 martadan 3,5 martagacha, 30 kunlik qayta xarid darajasi esa 30 foizdan 47 foizgacha oshgan. Foydalanuvchilarning 58 foizi mini-o'yinda ishtirok etgan, respondentlarning qariyb 80 foizi esa geymifikatsiya xarid motivatsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini qayd etgan. Tadqiqot natijalari geymifikatsiyaning raqamli muhitda foydalanuvchi sadoqatini shakllantirish va takroriy xaridlarni rag'batlantirishda samarali vosita bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.