Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT REYESTRI ASOSIDA OROLBO'YI UCHUN O'SIMLIK VA NAV MOSLIGINING KOGNITIV AXBOROT MODELI

Б. С. СамандаровToshkent Kimyo xalqaro universitetiBoriyev Yusuf Absamat ugliMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiSherzod SobirovToshkent Kimyo xalqaro universiteti
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Orolbo'yi hududlarida o'simlik va nav mosligini baholash turli manbalardagi agroekologik hamda rasmiy reyestr ma'lumotlarini yagona axborot muhitida integratsiyalashni talab etadi. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Davlat reyestridagi hudud, ekin, nav, reyestr holati, vaqt va manba o'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi kognitiv axborot modeli taklif etildi. 2023 va 2024 yilgi reyestrlar tahlili asosida nav holatlarining vaqt bo'yicha o'zgarishi va hududiy tavsiyalarni alohida modellashtirish zarurligi asoslandi. Reyestr tavsiyasi agroekologik moslikning yakuniy etalon belgisi emas, balki dastlabki rasmiy dalil sifatida talqin qilindi. Taklif etilgan model keyinchalik tuproq, iqlim, suv, geofazoviy va masofadan zondlash ma'lumotlarini integratsiyalash, moslikni hisoblash hamda qarorlarni qo'llab-quvvatlovchi axborot-analitik tizimni shakllantirish uchun konseptual va formal asos yaratadi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba