Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ME'DA ICHAK KASALLIKLARNI DAVOLASH UCHUN MO'LJALLANGAN SUSPENZIYA TAXLIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Aholini yuqori sifatli dori vositalari bilan ta’minlash mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Ma’lumki, vismut preparatlari ichakning yallig‘lanish kasalliklarini (kolit, enterit), shuningdek, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligini davolash uchun qo‘llaniladi. Vismut tuzlari oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan Helicobacter Pylori bakteriyalariga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan deyarli yagona faol moddadir. O‘z navbatida, vismutning antibiotiklar bilan birga qo‘llanishi ushbu bakteriyalar sabab bo‘lgan yara kasalligidan tuzalish darajasini oshirishga imkon beradi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda zamonaviy farmatsiyaning dolzarb vazifalaridan biri oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan yangi, yuqori samarali va toksik bo‘lmagan dori vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Mamlakatimiz tadqiqotchilari tomonidan vismut (III) biometalli va metronidazol asosidagi yangi koordinatsion birikma olindi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba