Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH: INNOVATSION RESURSLAR VA NATIJALAR O'RTASIDAGI UZILISHNI QISQARTIRISH YO'NALISHLARI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbekiston milliy iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning nazariy asoslari va hozirgi holati innovatsion resurslar bilan innovatsion natijalar o'rtasidagi mavjud tafovut nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqot ikkilamchi ma'lumotlarga asoslangan: 2020–2026-yillar uchun Global innovatsion indeks (GII) ko'rsatkichlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining 2020–2024-yillarga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat ma'lumotlari hamda Jahon banki ko'rsatkichlari. Qiyosiy, tarkibiy va dinamik tahlil usullari qo'llanilgan, muallif tomonidan resurslar va natijalar o'rtasidagi tafovut, ITTKI bilan band bir xodimga to'g'ri keladigan xarajatlar hamda ITTKI xarajatlarining bir so'miga to'g'ri keladigan innovatsion mahsulot hajmi hisoblab chiqilgan. Natijalar O'zbekiston GII reytingida 93-o'rindan 77-o'ringa ko'tarilganini, resurslar va natijalar subindekslari o'rinlari o'rtasidagi farq esa 37 pozitsiyadan 10 pozitsiyagacha qisqarganini ko'rsatdi. Shu bilan birga, ITTKI xarajatlarining YAIMga nisbatan pastligi (0,125%), ilmiy salohiyatning Toshkent shahrida yuqori darajada jamlangani hamda inson kapitali va ijodiy natijalar bo'yicha ko'rsatkichlarni yaxshilash imkoniyatlari innovatsion rivojlanishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan muhim jihatlar sifatida aniqlandi. ITTKIni moliyalashtirishni oshirish, davlat va biznesning qo'shma moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni hududiy diversifikatsiya qilish va universitet–ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishni o'z ichiga olgan innovatsion siyosatning ustuvor yo'nalishlari taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba