Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ELEKTR ENERGETIKASI KORXONALARIDA XARAJATLAR HISOBI VA IQTISODIY TAHLILNING RAQAMLI MODELINI SHAKLLANTIRISH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada elektr energetikasi korxonalarida xarajatlar hisobi va iqtisodiy tahlilni raqamli texnologiyalar asosida yagona tizimga birlashtiruvchi konseptual model taklif etiladi. Tadqiqotda faoliyat asosida xarajatlarni hisoblash (ABC), korxona resurslarini rejalashtirish tizimi (ERP), jarayonlarni robotlashtirish (RPA) va biznes-tahlil (BI) vositalaridan foydalanish boʻyicha jahon tajribasi qiyosiy tahlil qilindi, xarajatlar tarkibini belgilovchi Nizom hamda Buxgalteriya hisobining 21-son milliy standarti (BHMS) talablari me'yoriy tahlildan oʻtkazildi, tizimli yondashuv va modellashtirish usullari qoʻllandi. Ochiq manbalar tahlili elektr energiyasini hisobga olish va billing jarayonlari raqamlashtirilganini, ammo ularning xarajatlar hisobi va iqtisodiy tahlil bilan yaxlit bogʻliqligi yoritilmaganini koʻrsatdi. Ilgʻor yechimlarni me'yoriy va texnik sharoitga moslashtirish matritsasi, toʻrt qatlamli (ma'lumot manbalari, hisob, tahlil, qaror qabul qilish) raqamli model hamda uni bosqichma-bosqich joriy etish tartibi taklif etiladi. Matritsa boʻyicha RPA va BI eng qulay yechim deb baholandi, ERP esa kadrlar tayyorlash sharti bilan shartli kiritiladi. Ishning yangiligi ilgʻor yechimlarni yagona modelga jamlab, ularni Oʻzbekistonning me'yoriy va texnik sharoitiga moslashtirish matritsasini taklif etishdadir. Modelning xarajatlar hisobi va tahlilini yagona ma'lumotlar asosida yuritish, hisob-kitob aniqligini oshirish va boshqaruv qarorlarini tezlashtirish imkoniyati gipoteza sifatida ilgari suriladi va pilot korxonada sinovdan oʻtkazilishi lozim.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba