Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUN'IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISH SHAROITIDA TALABANING AXBOROT XAVFSIZLIGI KOMPETENSIYASI: TUSHUNCHANING CHEGARALARI VA TARKIBI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Generativ sun'iy intellekt vositalari oliy ta'limga keng kirib kelgach, talabaning axborot xavfsizligi kompetensiyasi deganda nimani tushunish kerakligi yana savol ostida qoldi. Maqolada shu tushuncha aniqlashtiriladi. Kompetensiyaviy yondashuv, axborot xavfsizligi pedagogikasi va sun'iy intellekt savodxonligiga oid adabiyotlar, shuningdek DigComp 2.2 va UNESCO doiraviy hujjatlari solishtirilib, mavjud tushunchalarning birortasi ham talaba bilan sun'iy intellekt vositasi o'rtasidagi muloqot xavfsizligini to'liq qamrab olmasligi ko'rsatildi. Tushunchaning ishchi ta'rifi taklif qilinadi va u to'rt komponent (motivatsion-qadriyat, kognitiv, faoliyat-amaliy, refleksivbaholash) orqali tavsiflanadi. Sun'iy intellekt sharoitiga xos uchta belgi alohida asoslangan: xavf manbaining anonimligi, tahdidning ikki tomonlamaligi va oqibatning kechikib yuzaga chiqishi. 586 talaba ishtirokidagi konstatatsiya so'rovi bilim bilan xulq o'rtasida sezilarli uzilish borligini ko'rsatdi; shu sababli refleksiv komponent tushunchaning markazida turishi kerak, degan xulosaga kelindi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba