Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OKSIDLANISHGA UCHRAGAN MIS-PORFIR MA'DANLARINI MODDIY TARKIBINI O'RGANISH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada mis-porfir konlarining oksidlangan rudalari kimyoviy va mineralogik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi rudalarning kimyoviy tarkibini aniqlash, misning oksidlangan va sulfidli shakllari o'rtasidagi nisbatni baholash hamda oltinning oksidlanish zonasi minerallari bilan bog'liqligini o'rganishdan iborat. Tadqiqot jarayonida silikat tahlili, optik mikroskopiya va mineralogik kuzatuv usullaridan foydalanilgan. Natijalarga ko'ra, rudada misning umumiy miqdori 0,735 foizni tashkil etib, uning 89,8 foizi oksidlangan shaklda uchrashi aniqlangan. Shuningdek, malaxit, azurit, kuprit, tenorit va temir oksidlari hamda gidroksidlarining mineralogik xususiyatlari o'rganilgan. Oltinning erkin donalari va temir gidroksidlari tarkibidagi mikroinklyuziyalari aniqlangan. Olingan natijalar mis va oltinni kompleks ajratib olish uchun maqbul gidrometallurgik texnologiyalarni tanlash va takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba