UMUMTA'LIM MAKTAB DIREKTORLARI EMOTSIONAL INTELLEKTINING BOSHQARUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada umumta'lim maktab direktorlari emotsional intellektining boshqaruv faoliyatidagi ahamiyati nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Emotsional intellekt tushunchasi Salovey-Mayer, Goleman va Bar-On modellarini qiyoslash asosida yoritiladi. Direktorning o'z his-tuyg'ularini anglashi va boshqarishi qaror qabul qilish sifati hamda pedagogik muhitga ta'sir qiluvchi omil sifatida izohlanadi. Empatiya, faol tinglash va emotsional o'zini boshqarish pedagogik jamoa bilan muloqot va nizolarni hal etishdagi asosiy ko'nikmalar sifatida ko'rib chiqiladi. Muloqot sifatini baholash mezonlari sifatida his-tuyg'ularni aniqlash, o'z reaksiyasini nazorat qilish, boshqa tomonni tinglash va kelishuvga erishish taklif etiladi. Nizolarni hal etishning to'rt bosqichli tartibi ishlab chiqiladi. Taklif etilgan tartibning samaradorligini maktab direktorlari va o'qituvchilar ishtirokidagi empirik tadqiqotlar orqali baholash istiqboli belgilanadi.