Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Mahalliy dolomit xomashyosini sulfat kislota yordamida parchalash jarayonining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini tadqiq etish

Aziza KaxarovaToshkent kimyo-texnologiya instituti , Toshkent , O'zbekistonGavxar MeliqulovaToshkent kimyo-texnologiya instituti , Toshkent , O'zbekistonRuslan KhabipovToshkent kimyo-texnologiya instituti , Toshkent , O'zbekistonМунаввар АметоваToshkent kimyo-texnologiya instituti , Toshkent , O'zbekistonMunisa MerkulovaToshkent kimyo-texnologiya instituti , Toshkent , O'zbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Dehqonobod koni dolomit xomashyosini sulfat kislotasi yordamida parchalanish jarayonining fizik-kimyoviy qonuniyatlari o‘rganildi. Tajribalar 20-40 % li H₂SO4 konsentratsiyasi, 100-110 % stexiometrik me’yor, 50 °C harorat va 40 daqiqa davomiylikda laboratoriya sharoitida olib borildi. Olingan suspenziya, suyuq va qattiq fazalarning kimyoviy tarkibi kompleks tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kislota konsentratsiyasi va me’yorining ortishi bilan CaO, MgO va sulfat birikmalarining miqdori sezilarli oshadi. MgO ning suyuq fazaga o‘tish darajasi maksimal qiymatga ega bo‘lib, optimal sharoit sifatida H2SO4 konsentratsiyasi 35- 40 %, me’yor 110 %, harorat 50-55 °C va vaqt 40 minut aniqlangan. Rentgenografik tahlillar natijasida qattiq fazaning asosiy komponenti CaSO4 (≈77 %) ekanligi tasdiqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar