Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KO'MIRNI GAZLASHTIRISHDA HARORATNING UGLEVODORODLAR SINTEZI UCHUN SINTEZ-GAZ TARKIBI VA H₂/CO NISBATIGA TA'SIRI

Karimov Azamat Inoyatillo o'g'liO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutiF.M. YusupovO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tezisda Angren qo'ng'ir ko'miri va Sharg'un toshko'mirini 500–700 °C da alohida hamda 20% uglevodorodli qo'shimcha (quyi molekulyar polietilen, TAR) bilan birgalikda gazlashtirishda haroratning sintez-gaz tarkibi, chiqishi va H₂/CO nisbatiga ta'siri o'rganilgan. Harorat oshishi bilan CO va H₂ ulushi hamda gaz chiqishi ortishi, ammo sof ko'mirlarda H₂/CO nisbati 2,00 dan 1,70 gacha (Angren) va 1,68 dan 1,48 gacha (Sharg'un) pasayishi aniqlandi. 20% qo'shimcha ishtirokida gaz chiqishi 700 °C da 45–47% ga yetib, H₂/CO nisbati 1,87–2,25 oralig'ida saqlandi. Uglevodorodlar sintezi uchun Angren aralashmalarida 500–600 °C, Sharg'un aralashmalarida 600–700 °C maqbul harorat oralig'i sifatida tavsiya etildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba