Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MEHNAT SAMARADORLIGI VA BANDLIKNING XIZMATLAR SEKTORIDAGI IQTISODIY AHAMIYATI

Olimjon Narkulovich DjuraevQarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Xizmatlar sektorida mehnat samaradorligi va bandlikning iqtisodiy natijalarga ta'siri, xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi o'rni hamda band aholining katta ulushini qamrab olishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Mehnat samaradorligi darajasi va bandlik ko'rsatkichlarining iqtisodiy natijalarga ta'siri, xizmatlar sektorining iqtisodiy samaradorligi, daromadlilik darajasi va rivojlanish tendensiyalari o'rganilgan. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish, xizmatlar sektorida mehnat unumdorligini o'lchash va baholash, bandlik darajasining xizmatlar hajmi va daromadlarga ta'sirini aniqlash hamda mehnat samaradorligi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, hududiy va tarmoq kesimidagi tafovutlar, mehnat samaradorligining oshishi natijasida xizmatlar hajmining kengayishi, tannarxning kamayishi va foydaning ortishi bilan bog'liq iqtisodiy jarayonlar ko'rib chiqilgan. Mehnat samaradorligi va bandlikning xizmatlar sektoridagi iqtisodiy natijalarga ta'siri mehnat resurslaridan foydalanish darajasi, xizmatlar hajmi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik asosida tahlil qilingan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba