Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING DIALIZ BOSQICHIDAGI BEMORLARDA NOS3 GENI T786C POLIMORFIZMINING YURAK-QON TOMIR ASORATLARI BILAN BOG'LIQLIGI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Surunkali buyrak kasalligining dializ bosqichida yurak-qon tomir asoratlari bemorlarning klinik holati va prognozini belgilovchi muhim muammolardan biridir. Ularning shakllanishida endotelial disfunksiya va irsiy omillar ishtirok etishi mumkin. Ushbu maqolada dasturiy gemodializ olayotgan bemorlarda endotelial azot oksidi sintazasini (eNOS) kodlovchi NOS3 genining T786C (rs2070744) polimorfizmi hamda uning yurak-qon tomir asoratlari mavjudligi bilan bog'liqligi tahlil qilindi. 2024-2026-yillarda o'tkazilgan tadqiqotda 90 nafar gemodializ bemori (asoratlarsiz 43 nafar, asoratlari mavjud 47 nafar) va 110 nafar sog'lom nazorat ishtirokchisining genotiplari taqqoslandi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlar tadqiqotga kiritilmadi. Yurak-qon tomir asoratlari mavjud bemorlarda C allelining chastotasi 27,7%, asoratlarsiz bemorlarda esa 16,3% bo'ldi (OR=1,97; 95% ishonch oralig'i: 0,95- 4,08; p=0,067). CC genotipi mos ravishda 8,5% va 2,3% holatda aniqlandi. Kuzatilgan farqlar statistik ahamiyatlilik darajasiga yetmadi. Mazkur tadqiqot gemodializ sharoitida NOS3 genetik variantlarining tarqalishi haqida mahalliy ma'lumot beradi va ularni klinik-laborator ko'rsatkichlar bilan birgalikda o'rganish zarurligini ko'rsatadi. Biroq polimorfizmning mustaqil prognostik ahamiyati tasdiqlanmadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba