Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

GMZ-3 TEXNOGEN CHIQINDILARINING GRANULOMETRIK VA MINERALOGIK TARKIBI HAMDA OLTIN VA KUMUSHNING O‘LCHAM FRAKSIYALARI BO‘YICHA TAQSIMOTI

Islomjon Ilhomovich RustamovKarshi State Technical UniversityIroda Ibrohimovna MajidovaNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiBaxriddin Raxmidinovich VoxidovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiNajmiddin Abduqodirovich BoymurodovKarshi State Technical University
2026
ABI

Annotatsiya

GMZ-3 chiqindixonasida to‘plangan texnogen materialning granulometrik va mineralogik tarkibi hamda oltin va kumushning o‘lcham fraksiyalari bo‘yicha taqsimoti tadqiq etildi. Granulometrik baholash 1–3 m chuqurlikdan olingan to‘qqizta namunaning elak tahliliga, mineralogik-geokimyoviy tavsiflash esa beshta namunaning tekshiruv natijalariga asoslandi. O‘rtachalashtirilgan materialda fraksiyalarning massa chiqishi va Au–Ag miqdorlari taqqoslanib, metall balansi hisobiy tekshirildi. Alohida namunalarda −0,074 mm sinfning massa chiqishi 67,2–80,0%, o‘rtachalashtirilgan materialda esa 76,2% ni tashkil etdi. Ushbu fraksiyada oltin miqdori 0,65 g/t, kumush miqdori 1,4 g/t ekanligi aniqlandi. Mineral tarkibda jins hosil qiluvchi komponentlarning yig‘ma guruhi 90,58% bilan ustunlik qildi; pirit 3,44%, arsenopirit 0,22%, metall oksidlari va gidroksidlari 5,49% miqdorda qayd etildi. Element xaritalari mineral fazalarning mahalliy tarqalishini tavsifladi. Hisobiy tekshiruv metallarning fraksiyalar bo‘yicha hisoblangan va birlamchi taqsimot ko‘rsatkichlari o‘rtasida nomuvofiqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Natijalar mayda fraksiyani batafsil kimyoviy-mineralogik o‘rganish va metall balansini aniqlashtirish zarurligini asoslaydi. Qayta ishlash usulini tanlash uchun qimmatbaho metallarning mineral tashuvchilari, ochilish darajasi va tajribaviy ajratib olish ko‘rsatkichlarini aniqlash lozim.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar