Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QUYI MOLEKULYAR POLIETILEN VA TAR MAHSULOTI ISHTIROKIDA KO'MIRNI BIRGALIKDA GAZLASHTIRIB SINTEZ-GAZ TARKIBINI BOSHQARISH TEXNOLOGIYASI

Karimov Azamat Inoyatillo o'g'liO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutiF.M. YusupovO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tezisda Angren va Sharg'un ko'mirlarini Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining quyi molekulyar polietilen (QMPE) chiqindisi va TAR mahsuloti bilan 100:0 dan 50:50 gacha nisbatlarda birgalikda gazlashtirish natijalari keltirilgan. Qo'shimcha ulushi oshishi bilan gazning quyi yonish issiqligi 5,7–6,7 dan 16,5–19,1 MJ/Nm³ gacha ortishi, H₂/CO nisbati esa 10–20% qo'shimchada 1,84–2,18 ni tashkil etib, uglevodorodlar sintezi uchun maqbul oraliqqa tushishi aniqlandi. Shu asosda «sintez» va «energetik» rejimlarga ega texnologik sxema taklif etildi. Tajriba-sanoat sinovlarida 1 kg ko'mirdan 1,5–2,0 m³ gaz olinib, energetik samaradorlik 70–75% ni, rentabellik 30,3% ni tashkil etdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba