Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IoT tizimlarida Edge-tugunda ma'lumotlarni dastlabki qayta ishlash va adaptiv uzatish orqali tarmoq yuklamasini kamaytirish algoritmi

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada IoT tizimlarida sensor ma’lumotlarini Edge-tugunda dastlabki qayta ishlash va uzatish intervalini muhit parametrlari dinamikasiga mos ravishda boshqarish algoritmi taklif etilgan. Usul sensor ma’lumotlarini vaqt oynalarida qayta ishlash, o‘rtacha qiymat va standart og‘ish kabi statistik belgilarni hisoblash, ularni normallashtirish hamda adaptiv chegara asosida sezilarli dinamik o‘zgarishlarni aniqlashga asoslanadi. Aniqlangan o‘zgarish darajasiga qarab ma’lumot uzatish oralig‘i avtomatik ravishda moslashtiriladi. Algoritm ikki issiqxona ma’lumotlar to‘plamida tajribadan o‘tkazildi. Xom ma’lumotlarni uzatish rejimiga nisbatan tarmoq trafigi mos ravishda 87,17% va 86,77% ga kamaytirildi. Qat’iy bir soatlik Edge-uzatish rejimiga nisbatan qo‘shimcha kamayish 47,70% va 46,07% ni tashkil etdi. Bunda muhim dinamik o‘zgarishlarning serverga yetkazilishi ta’minlandi hamda server tomonida muhit parametrlarining asosiy vaqt dinamikasi saqlanib qoldi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba