DAVLAT ISHTIROKIDAGI TRANSPORT KORXONALARIDA KORPORATIV MANFAATLAR TOʻQNASHUVINING INVESTITSION QARORLARGA TA'SIRI
Annotatsiya
Maqolada davlat ishtirokidagi transport korxonalarida korporativ manfaatlar to'qnashuvining investitsion qarorlarga ta'siri nazariy va institutsional jihatdan o'rganildi. Tadqiqotda qiyosiy-mantiqiy tahlil, huquqiy kontent-tahlil va keys-tahlil usullari qo'llanildi. Agentlik, tranzaksion xarajatlar va siyosiy iqtisod nazariyalariga tayanib, davlatning mulkdor va tartibga soluvchi rollari, boshqaruv bilan mulkdor hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar zaminida yuzaga keladigan ziddiyatlarni tasnifladi va ularning loyihalarni tanlash, baholash hamda amalga oshirishdagi ta'sir kanallarini aniqladi. Loyiha qiymatini baholashdagi siljishni va investitsion samaradorlik uzilishini ifodalovchi ikki formula taklif etildi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ishtirokida Osiyo taraqqiyot banki moliyalashtirgan elektrlashtirish loyihalari misolida xalqaro moliya institutlari talablarining intizomlovchi roli baholandi. Investitsiya sikli bosqichlariga moslashtirilgan himoya mexanizmlari matritsasi va qaror daraxti modeli ishlab chiqildi, korporativ boshqaruvni takomillashtirishga doir takliflar asoslandi. Natijalar xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi transport loyihalarida sinalgan amaliyotni korxonalarning o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga yoyish mumkinligini ko'rsatdi.