OʻZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINING IQTISODIY OMILLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
Annotatsiya
O'zbekistonda yoshlar bandligiga ta'sir etuvchi asosiy iqtisodiy omillar, mehnat bozoridagi tarkibiy nomutanosibliklar hamda yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida yoshlarning demografik salohiyati, hududiy iqtisodiy tafovutlar, inson kapitalining sifati, tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari va raqamli iqtisodiyotning bandlikka ta'siri tizimli yondashuv asosida o'rganilgan. Rasmiy statistik ma'lumotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va iqtisodiy umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari yoshlar bandligini ta'minlashda yangi ish o'rinlarini yaratish bilan bir qatorda, ularning sifatini oshirish, kasbiy malakalarni rivojlantirish hamda mehnat bozori talablari bilan mutanosibligini ta'minlash muhimligini ko'rsatadi. Shuningdek, hududiy bandlik dasturlarini iqtisodiy ixtisoslashuv bilan uyg'unlashtirish, dual ta'lim tizimini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va raqamli bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.