PSIXOLOG TALABALARDA EMPATIYA, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK VA REFLEKSIV QOBILIYATLARNING KONSULTATIV SALOHIYAT RIVOJLANISHIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada psixolog talabalarda konsultativ salohiyatni rivojlantirish jarayonida empatiya, kommunikativ kompetentlik va refleksiv qobiliyatlarning o'zaro bog'liqligi hamda ularning kasbiy shakllanishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo'lajak psixologlarning konsultativ faoliyatga tayyorgarligida mijozning emotsional kechinmalarini anglash, samarali muloqot o'rnatish va o'z kasbiy faoliyatini tanqidiy tahlil qilish qobiliyatlarining o'rnini asoslashdan iborat. Maqolada empatiyaning mijozni tushunish va unga individual yondashuvni ta'minlashdagi, kommunikativ kompetentlikning ishonchli psixologik munosabatlarni shakllantirishdagi, refleksiv qobiliyatlarning esa kasbiy harakatlarni baholash va o'z faoliyatini takomillashtirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, mazkur sifatlarning o'zaro uyg'unligi konsultativ jarayonning samaradorligi, psixologik yordam ko'rsatish madaniyati va kasbiy mas'uliyat bilan bog'liq holda ko'rib chiqiladi. Ushbu qobiliyatlarni kompleks rivojlantirish bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini mustahkamlash hamda psixologik maslahat jarayonida yuzaga keladigan murakkab vaziyatlarga ongli va mas'uliyatli yondashuvini shakllantirishning muhim sharti sifatida talqin etiladi.