Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TERMIZ SHAROITIDA FOTOELEKTRIK TIZIMLARNING FIZIK PARAMETRLARINI TAQQOSLASH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda elektr quvvati 60 W bo'lgan fotoelektrik batareyaning fizik parametrlari Termiz shahrining eng issiq iqlim sharoitida tahlil qilindi. Meteorologik ko'rsatkichlar va fotoelektrik batareyaning fizik parametrlari PVGIS dasturiy majmuasi, NASA POWER ma'lumotlar bazasi, fotoelektrik batareyalarning harorat xarakteristikalari hamda IEC 61215 xalqaro standarti asosida nominal ishchi harorat (NOCT) ko'rsatkichini hisobga olgan holda aniqlandi. Shuningdek, tadqiqot doirasida har birining maksimal quvvati 60 W bo'lgan uchta fotoelektrik batareyadan tashkil topgan, ikki xil konstruktiv yechim asosida ishlab chiqilgan tizimlarning elektr energiyasi ishlab chiqarish ko'rsatkichlari o'zaro taqqoslandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba