YANGI ZAMON TARBIYACHISINING PEDAGOGIK IMIDJI VA UNING AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi kunda ta'lim jarayoni nafaqat bolalarga bilim berish, balki ularni har tomonlama rivojlantirish va hayotga tayyorlashga qaratilgan. Bu jarayonda tarbiyachining shaxsi, uning pedagogik imidji katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi nafaqat bolalar, balki ota-onalar va jamiyat bilan faol muloqotda bo'lib, o'zining kasbiy mahoratini, nutq madaniyatini, tashqi qiyofasini va psixologik tayyorgarligini namoyon etadi. Ushbu maqolada zamonaviy tarbiyachining pedagogik imidji va uning ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy ta'lim tizimida pedagogik imidj tarbiyachining nafaqat o'z faoliyatida, balki butun ta'lim tashkilotining obro'sida ham muhim rol o'ynaydi. Yaxshi shakllangan imidj pedagogga nufuz olib keladi va uning kasbiy o'sishiga zamin yaratadi.