Namangan viloyatida oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiy salohiyatni oshirish
Annotatsiya
Maqolada Namangan viloyatida oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportining hozirgi holati tahlil qilingan hamda hududning eksport salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida oziq-ovqat mahsulotlari eksportining mavjud tashkiliy-logistik tizimi baholanib, sohadagi asosiy muammolar aniqlangan. Jumladan, logistika infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, sovutkich omborlari quvvatlarining cheklanganligi, transport xarajatlarining yuqoriligi va eksport jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilmaganligi asosiy muammolar sifatida qayd etilgan. Tadqiqot natijasida oziq-ovqat mahsulotlari eksportining zamonaviy raqamli-logistika modeli ishlab chiqildi hamda eksport samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Hisob-kitoblar taklif etilgan chora-tadbirlarni joriy etish eksport hajmini oshirish, logistika xarajatlarini kamaytirish va hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan