Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QISHLOQ JOYLARDA NORASMIY ISH BILAN BANDLIK: DOLZARB MUAMMOLAR, OʻLCHASH MEZONLARI VA TARTIBGA SOLISH YOʻNALISHLARI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekiston qishloq joylarida norasmiy ish bilan bandlikning zamonaviy holati, uni keltirib chiqarayotgan sabablar va oʻlchash muammolari tahlil qilingan. 2021-2024 yillar hamda 2025 yil birinchi yarim yilligi rasmiy ma'lumotlari asosida norasmiy bandlik ulushining qisqarishi ortida qaysi manbalar turganligi aniqlangan. Tahlil koʻrsatadiki, rasmiy sektorda bandlik oʻsimining 83,3 foizi oʻzini oʻzi band qilganlar va dehqon xoʻjaliklarini roʻyxatga olish hisobiga shakllangan, ya'ni kuzatilayotgan pasayishning sezilarli qismi yangi ish oʻrinlari yaratilishi emas, balki mavjud faoliyatning statistik-ma'muriy rasmiylashuvidir. Shu bilan birga agrar sohada norasmiylik darajasi 60-77 foiz oraligʻida, qishloq xoʻjaligida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi esa 75,1 foizni tashkil etib, barcha tarmoqlar ichida eng yuqori koʻrsatkich boʻlib qolmoqda. Muallif tomonidan qishloq joylardagi yetti ta dolzarb muammo ajratilgan va norasmiy bandlikni kamaytirish samaradorligini olti mezon (M1–M6) asosida baholash taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba