Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Brusellozning zamonaviy diagnostika usullari

K.R. AbdurahmonovaTashkent State Technical University named after Islam KarimovG.X. XasanovaM.N. SarimsoqovaD.B. Azimova
2026en
ABI

Annotatsiya

Bruselloz — Brucella turiga mansub grammanfiy bakteriyalar chaqiradigan, odam va hayvonlarda uchraydigan zoonoz yuqumli kasallikdir. Maqolada zamonaviy laborator diagnostika usullari, ularning sezgirligi, o‘ziga xosligi va klinik qo‘llanilishi tahlil qilinadi. 2021–2024 yillarda shifoxonaga yotqizilgan 172 nafar bemor yoshi, jinsi va klinik belgilari bo‘yicha o‘rganilgan. Diagnostika qon kulturasi, RBT, SAT, CGT, ELISA va PCR yordamida olib borilgan. Zamonaviy qon kulturasi tizimlari, MALDI-TOF va molekulyar usullarning klinik ahamiyati baholangan. Natijalar bir nechta usullarni birgalikda qo‘llash diagnostik aniqlikni oshirishini ko‘rsatgan. Eng yuqori sezgirlik ELISA va RBTda (89,4% va 88,3%) aniqlanib, qon kulturasi “oltin standart” bo‘lib qolmoqda. Diagnostik algoritmlar tahlil qilinib, endemik hududlarda erta tashxis muammolari va ularning yechimlari ko‘rsatilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar