UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA XURSHID DAVRON IJODINI O‘QITISH
Mahliyo JinayevaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
2026en
Ochiq kirishOlmos
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Xurshid Davron ijodini o‘qitishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilingan. Xususan, shoirning lirik asarlarini o‘rganishda o‘quvchilarning tahliliy, ijodiy va mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Lirik asarlarni o‘qitishda uchraydigan metodik muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda qiyosiy tahlil, fanlararo integratsiya va ijodiy topshiriqlardan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, Xurshid Davron she’rlarini o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion metodlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos1 ta foydalanilgan manba