RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MILLIY INNOVATSIYA TIZIMIDAGI AXBOROT ASSIMETRIYASI MUAMMOSI VA INSTITUTSIONAL TUZOQLARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqola raqamlashtirish sharoitida Milliy innovatsiya tizimini (MIT) rivojlantirishning institutsional asoslari va axborot asimmetriyasi muammolarini tadqiq etadi. Shuningdek, maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida Milliy innovatsiya tizimi subyektlari, davlat, OTM, ITI va biznes oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni cheklovchi institutsional muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda axborot oqimlarining keskin ortishi sharoitida yuzaga kelayotgan axborot assimetriyasi va uning tizim samaradorligiga salbiy ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. J. Akerlofning "Limonlar bozori" va M. Spensning "Signal berish" nazariyalari asosida innovatsiyalar bozoridagi xavflar tahlil qilinib, tadqiqot yakunida MIT samaradorligini oshirish va intellektual opportunizm risklarini kamaytirish, “diplom iqtisodiyoti” tuzoqlarining oldini olish uchun raqamli-institutsional yondashuv hamda amaliy mexanizmlar taklif etilgan.