Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INSON KAPITALINI RAQAMLI IQTISODIYOT VA INNOVATSIYANING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI SIFATIDA RIVOJLANTIRISH ZARURATI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya ekotizimini shakllantirishning konseptual asoslari, shuningdek, ushbu jarayonda inson kapitalining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya zamonaviy davrda iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv tizimlarining ajralmas qismiga aylandi. Bu esa davlat boshqaruvi shaffofligini oshirish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini bermoqda. Tadqiqotda raqamli ekotizimni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar — kadrlar yetishmovchiligi, ma’lumotlarni integratsiyalash, kiberxavfsizlik va infratuzilmaning notekis rivojlanishi ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada raqamli transformatsiya nafaqat texnologik o‘zgarishlar, balki malakali kadrlar tizimi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab ekotizim sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maqolada ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini o‘qitishni takomillashtirish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda davlat-xususiy sektor integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba