IJTIMOIY TARMOQ POSTLARI LEKSIKASIDA NEYROLINGVISTIK DASTURLASH STRATEGIYALARINING LINGVOPRAGMATIK TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoq postlari leksikasida qo‘llanilayotgan neyrolingvistik dasturlash (NLD) strategiyalari lingvopragmatik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli kommunikatsiya sharoitida Facebook, Instagram, Telegram, TikTok kabi platformalarda yaratilayotgan matnlar an'anaviy yozma nutqdan farqli o‘laroq, auditoriya ongiga tezkor va yashirin ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan maxsus lingvistik mexanizmlarni o‘zida mujassam etadi. Tadqiqotda ankoring, presuppozitsiya, imperativ konstruksiyalar va ijobiy baholovchi leksika kabi NLD elementlarining leksik-semantik xususiyatlari, shuningdek, ishontirish, motivatsion va manipulyativ strategiyalarning til vositalari orqali amalga oshish mexanizmlari real matn namunalari asosida yoritilgan. Telegram va Instagram platformalari misolida NLD birliklarining qo‘llanish chastotasi qiyoslangan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoq matnlarining manipulyativ-persvaziv tabiatini ochib berish, shuningdek, mazkur sohada til madaniyati va iste’molchi ongini himoya qilish masalalariga nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan