Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHNING QIYOSIY TAHLILI

Oralxan MambetniyazovaNukus davlat pedagogika instituti magistri
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarishning mazmuni, asosiy tamoyillari va tashkiliy-pedagogik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim sifatini belgilovchi omillar, rahbarlik faoliyati, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, ichki monitoring, ta’lim natijalarini baholash, ota-onalar bilan hamkorlik hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarining o‘rni yoritiladi. Maktabgacha ta’limda bolaning individual rivojlanishi, xavfsiz va rivojlantiruvchi muhit hamda maktabga tayyorgarlik muhim mezon sifatida namoyon bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’limda akademik natijalar, kompetensiyalar, pedagogik jarayon samaradorligi va strategik boshqaruvga katta e’tibor qaratilishi asoslanadi. Shuningdek, ikki ta’lim bosqichining o‘zaro uzviyligini ta’minlash ta’lim sifatini boshqarishning muhim sharti sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim tashkilotlarida sifatni boshqarishni nazoratga yo‘naltirilgan yondashuvdan rivojlantiruvchi, tizimli va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv modeliga o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar