Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DYUSHEN MIOPATIYASI BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA NEYROPSIXOLOGIK BUZILISHLARNING KLINIK XUSUSIYATLARI

U.T. OmonovaTilavova Ulguzioy Yuldosh kiziTuron Universiteti ukituvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada Dyushen miopatiyasi bilan og‘rigan bolalarda neyropsixologik buzilishlarning klinik xususiyatlari o‘rganilgan. 45 nafar 6-16 yoshli bemor bolalar va 30 nafar sog‘lom bolalardan iborat nazorat guruhi tekshirildi. Neyropsixologik baholash uchun Wechsler Intelligence Scale, diqqat va xotira testlari, nutq rivojlanishi baholash usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Dyushen miopatiyasi bilan og‘rigan bolalarda umumiy IQ ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 15-20 ball past (p<0.001), verbal funksiyalar noverbal funksiyalarga qaraganda ko‘proq zararlangan (p<0.05), diqqat defitsiti 68% hollarda, o‘qish qiyinchiliklari 52% hollarda kuzatilgan. Yosh ortishi bilan kognitiv buzilishlar progressiyalashuvi aniqlandi. Dyushen miopatiyasida neyropsixologik buzilishlar kasallikning ajralmas qismi bo‘lib, erta diagnostika va kompleks reabilitatsiya zarurligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba