Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOʻQIMACHILIK KORXONALARI B2B BOZORIDA STRATEGIK MARKETING REJALASHTIRISH MODELI

Nilufar SapayevaAbu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti dotsenti
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalarining B2B bozorida strategik marketing faoliyatini rivojlantirish masalasi tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida B2B marketing nazariyasi, munosabat marketingi, qiymat zanjiri integratsiyasi hamda 7P marketing miksi yondashuvlari oʻrganildi. Adabiyotlar sharhi va qiyosiy tahlil asosida toʻqimachilik korxonalari uchun strategik marketing rejalashtirish modeli ishlab chiqildi. Model tashqi muhit tahlili, ichki resurslar baholashi, bozor segmentatsiyasi, marketing strategiyasini shakllantirish hamda samaradorlikni baholash bosqichlarini qamrab oldi. SMMRM modeli korxonalarning B2B munosabatlarini tizimli boshqarish va eksport faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari toʻqimachilik korxonalarida marketing boshqaruvini takomillashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba