Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Sut xomashyosini yig'ish va dastlabki sovitish rejimlarining sifat ko'rsatkichlari barqarorligiga ta'siri

Mamasaidov Olimjon Elmurod o'g'liToshkent davlat agrar universitetiShavkat UmidovToshkent davlat agrar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada sut xomashyosini yig'ish va dastlabki ishlov berish jarayonida sovitish harorati hamda saqlash davomiyligining uning fizik-kimyoviy va mikrobiologik sifat ko'rsatkichlari barqarorligiga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot sxemasida yangi sog'ilgan sigir sutini 4±1, 6±1, 8±1 va 20±2 °C haroratlarda 4, 8, 12 va 24 soat davomida saqlash sharoitlari qiyosiy baholandi. Sutning titrlanadigan kislotaliligi, pH, zichligi, yog', oqsil, laktoza, quruq modda va yog'siz quruq modda miqdori, shuningdek, umumiy mikroorganizmlar sonining o'zgarish dinamikasi asosiy mezonlar sifatida qabul qilindi. Natijalarni kompleks tahlil qilish sutni sog'ish va filtrlashdan keyin qisqa muddatda 4±1 °C gacha sovitish fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarning barqarorligini saqlash hamda mikroorganizmlar rivojlanishini cheklashda samarali ekanligini ko'rsatdi. Haroratning 6-8 °C gacha oshishi sifat o'zgarishlarini tezlashtirgan bo'lsa, 20±2 °C sharoitda saqlashda 8-12 soatdan boshlab kislotalilik va mikrobiologik ko'rsatkichlarda keskin o'zgarishlar kuzatildi. Sutni yig'ish, birlamchi sifat nazorati, filtrlash, tezkor sovitish, sovutilgan holda saqlash va tashishni yagona texnologik zanjirga birlashtirish xomashyo sifatining barqarorligini ta'minlashning asosiy sharti sifatida asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba