Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OG'IR METALLARNI ANIQLASHNING ANALITIK USULLARI

Nurmamatova FaridaEMU Universiteti , Kimyo kafedrasi talabasi. Toshkent , O'zbekistonGulnora B. Karabayeva
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada atrof-muhit obyektlarida ogʻir metallarni (Pb, Hg, Cd, As, Cr, Ni va boshqalar) aniqlashning zamonaviy instrumental usullari tahlil qilinadi. Sanoatlashuv natijasida atrof-muhitning ogʻir metallar bilan ifloslanishi global ekologik muammoga aylanib, oziq-ovqat zanjiri orqali inson salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Tadqiqotda atom-absorbsiya spektrometriyasi (AAS), induktiv bogʻlangan plazma mass-spektrometriyasi (ICP-MS), induktiv bogʻlangan plazma optik emissiya spektrometriyasi (ICP-OES), rentgen-fluoresans spektrometriya (XRF) va voltamperometrik usullarning sezgirlik, selektivlik va aniqlik koʻrsatkichlari taqqoslandi. ICP-MS iz miqdorlarni (ppt darajasida) aniqlashda, XRF nozarar tahlilda, voltamperometrik portativ monitoringda afzallikka ega ekanligi koʻrsatildi. Tahlil natijalari ushbu usullarning ekologik monitoring, oziq-ovqat xavfsizligi va biotibbiy tadqiqotlarda qo'llanilish imkoniyatlarini baholashga qaratilgan. Namuna tayyorlash, matritsa effektlarini bartaraf etish usullari va amaliy cheklovlar ham yoritib berildi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba