Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CYNODON DACTYLON OʻSIMLIGINING XALQ TABOBATIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI

Urinboyeva NafisaxonFargʻona Davlat Universiteti doktoranti, e-mail: [email protected]Mukammal Yormuhamatovna Imomova
2026en
ABI

Annotatsiya

: Ushbu maqola Cynodon dactylon oʻsimligining xalq tabobatidagi qoʻllanilish tarixi, kimyoviy tarkibi va farmakologik ahamiyatini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar etnobot anik anʻanalari bilan zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalari qiyoslanadi. PubMed, Scopus va Web of Science maʻlumotlar bazalarida chop etilgan ilmiy maqolalar tahlil qilindi. Ajriq oʻsimligining farmakologik faolligiga oid 2007–2020 yillar oraligʻida nashr etilgan tadqiqotlar asosiy manba sifatida tanlandi. Shuningdek, mintaqaviy etnobotanik maʻlumotlar va xalq tabobati anʻanalari hisobga olindi. Ajriqda palmit kislota, oleik kislota, sitosterol, alfa-tokoferol, flavonoidlar (vitexin, orientin, apigenin, luteolin) va alkaloidlar aniqlangan. Oʻsimlik antidiabetik, antibakterial, antifungal, antioksidant, yara bitkazuvchi, diuretik va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligi laboratoriya va klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Cynodon dactylon xalq tabobatida asrlar davomida qoʻllanilgan noyob oʻsimlik boʻlib, uning farmakologik potensiali zamonaviy ilmiy maʻlumotlar bilan toʻliq mos keladi. Bu oʻsimlik fitoterapiya va farmatsevtika sohalarida yangi dori vositalarini yaratish uchun istiqboldagi manba hisoblanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba