OʻZBEKISTONDA INNOVATSION TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekistonda innovatsion turizmni rivojlantirish istiqbollari turistik hududlar hayot sikli va innovatsiyalar diffuziyasi nazariyalari asosida baholandi. Muallif 2012-2025-yillarda turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari sonining rasmiy qatoridan foydalanib, pandemiya davri uchun soxta oʻzgaruvchili log-chiziqli trend modelini qurdi va 2026-2030-yillar uchun uch ssenariyli prognozni ishlab chiqgan. Trend modeli tashriflarning yillik oʻrtacha 15,6 foizlik oʻsishini koʻrsatdi. Maqsadga erishish uchun zarur yillik oʻsish surʼati 11,36 foizni tashkil etdi. Bazaviy ssenariyda xorijiy tashriflar soni 2030-yilda 20,6 mln nafarga yetishi va rasmiy maqsadli koʻrsatkich muddatidan oldin bajarilishi asoslandi. Pandemiya yoʻqotishlarini toʻliq hisobga olgan pessimistik ssenariyda ham 2030-yilgi maqsadning 92,2 foizi taʼminlanishi aniqlandi. Ziyorat, ekologik, tibbiy, ishbilarmonlik va gastronomik turizm yoʻnalishlari SWOT mantiqida qiyosiy baholandi. Natijalar asosida innovatsion turistik mahsulotlarni bosqichma-bosqich joriy etishning yoʻl xaritasi va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Hali tarjima qilinmagan