Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar amaliyotini kompetensiyaga asoslangan baholash va karyera tavsiyalari yondashuvi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada oliy ta‘lim muassasalarida (OTM) talabalar amaliyotini boshqarish, baholash va karyera xizmatlari o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etishga qaratilgan kompetensiyaga asoslangan yondashuv taklif etiladi. Amaliyot jarayonining to‘rt jihati – kundalik faoliyat, davomat, hisobot sifati va rahbar bahosi – yagona integral baholash modeliga birlashtiriladi. Shuningdek, amaliyotdan chetlashish xavfini aniqlash indeksi va talaba kompetensiya profilini ish o‘rni talablari bilan solishtiruvchi vaznli moslik ko‘rsatkichi kiritiladi. Taklif etilgan yondashuv asosida uch qatlamli axborot tizimi arxitekturasi ishlab chiqilgan. Natijalar OTMlarda amaliyot sifatini oshirish va bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun metodologik asos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan